Questo sito utilizza cookies tecnici (necessari) e analitici.
Proseguendo nella navigazione accetti l'utilizzo dei cookies.

NOTICE TO VISA APPLICANTS. PROCESSING TIMES AND SUPPORTING DOCUMENTATION

The Embassy of Italy in Tashkent reminds all visa applicants that, pursuant to Article 23 of Regulation (EC) No 810/2009 (Visa Code), decisions on admissible Schengen visa applications are normally taken within 15 calendar days from the date of submission. In individual cases, where further examination is required, this period may be extended up to a maximum of 45 calendar days.

Applicants are therefore strongly encouraged to plan their applications well in advance. Pursuant to Article 9 of the Visa Code, applications may be submitted up to six months before the intended date of travel and, as a rule, no later than 15 calendar days before the intended visit.

The Embassy also wishes to draw applicants’ attention to the importance of submitting complete, accurate and properly documented applications. Applications lacking the required supporting documentation, or containing insufficient information, may require additional documents, checks or further examination. This may significantly increase the time required to assess the application.

It is therefore in the applicant’s own interest to carefully consult the relevant checklist and submit all required documentation at the time of application.

Applicants are reminded that submitting an application shortly before the intended date of departure does not constitute grounds for urgency and cannot guarantee that a decision will be taken before the planned journey.

Furthermore, requests to expedite an application and repeated enquiries concerning its status do not result in preferential or faster processing. Applicants are kindly requested to contact the Visa Office only where strictly necessary. Repeated status enquiries require staff resources that would otherwise be devoted to the examination and processing of visa applications.

Applicants’ cooperation in submitting complete applications sufficiently in advance and limiting unnecessary enquiries is essential to ensuring the efficient and timely processing of visa applications for all applicants.

 

 

 

VIZA OLISH UCHUN ARIZA BERUVCHILAR DIQQATIG. ARIZALARNI KO‘RIB CHIQISH MUDDATLARI VA TASDIQLOVCHI HUJJATLAR
Italiyaning Toshkentdagi Elchixonasi barcha viza olish uchun ariza beruvchilarga shuni eslatadiki, (EC) № 810/2009-sonli Reglamentning (Viza kodeksi) 23-moddasiga muvofiq, ko‘rib chiqish uchun qabul qilingan Shengen vizasi arizalari bo‘yicha qaror, odatda, ariza topshirilgan kundan boshlab 15 kalendar kuni ichida qabul qilinadi. Qo‘shimcha tekshiruv talab etiladigan ayrim hollarda ushbu muddat ko‘pi bilan 45 kalendar kunigacha uzaytirilishi mumkin.
Shu sababli, ariza beruvchilarga viza olish uchun hujjatlarni oldindan rejalashtirib topshirish qat’iy tavsiya etiladi. Viza kodeksining 9-moddasiga muvofiq, arizalar rejalashtirilgan safar sanasidan olti oy oldin topshirilishi mumkin va, odatda, rejalashtirilgan tashrifdan kamida 15 kalendar kun oldin topshirilishi lozim.
Elchixona, shuningdek, ariza beruvchilarning e’tiborini to‘liq, aniq va tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan arizalarni taqdim etish muhimligiga qaratadi. Talab etiladigan tasdiqlovchi hujjatlar yetishmagan yoki yetarli ma’lumotlarni o‘z ichiga olmagan arizalar bo‘yicha qo‘shimcha hujjatlar, tekshiruvlar yoki batafsil ko‘rib chiqish talab etilishi mumkin. Bu arizani ko‘rib chiqish uchun zarur bo‘lgan muddatni sezilarli darajada uzaytirishi mumkin.
Shu bois, tegishli hujjatlar ro‘yxati (checklist) bilan diqqat bilan tanishib chiqish va barcha talab etiladigan hujjatlarni ariza topshirish vaqtida taqdim etish ariza beruvchining o‘z manfaatiga mosdir.
Ariza beruvchilarga shuni eslatib o‘tamizki, arizani rejalashtirilgan jo‘nab ketish sanasidan biroz oldin topshirish uni shoshilinch tartibda ko‘rib chiqish uchun asos bo‘lmaydi hamda qaror rejalashtirilgan safardan oldin qabul qilinishini kafolatlamaydi.
Bundan tashqari, arizani tezlashtirilgan tartibda ko‘rib chiqish haqidagi so‘rovlar va uning holati yuzasidan takroriy murojaatlar ustuvor yoki tezroq ko‘rib chiqilishiga olib kelmaydi. Ariza beruvchilardan Viza bo‘limiga faqat qat’iy zarur hollarda murojaat qilish so‘raladi. Arizaning holati yuzasidan takroriy so‘rovlar xodimlarning aks holda viza arizalarini ko‘rib chiqish va qayta ishlashga yo‘naltirilishi mumkin bo‘lgan vaqt va resurslarini talab qiladi.
Arizalarni to‘liq hujjatlar bilan yetarlicha oldindan topshirish va zarur bo‘lmagan murojaatlarni cheklash borasidagi ariza beruvchilarning hamkorligi barcha arizalarni samarali va o‘z vaqtida ko‘rib chiqishni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.